Uy vazifasini ChatGPT emas, o'quvchining o'zi bajarsin
Owndo — o'quv markazlari va maktablar uchun platforma. O'quvchi vazifani ChatGPT ochilmaydigan muhitda bajaradi, ustoz har bir javob qanday yozilganini, ota-ona esa natijani Telegram'da ko'radi.
O'zbek, rus va ingliz tilida. Sinov davrida bepul.
Bugun uy vazifasi bilimni ko'rsatmaydi
ChatGPT istalgan vazifani bir necha soniyada bajaradi. AQSh o'smirlarining 26% undan maktab vazifalari uchun foydalanadi — bir yilda ikki baravar ko'p.
Manba: Pew Research Center, 2025
Ustoz
Javoblar a'lo, lekin darsda o'quvchi bitta savolga javob berolmaydi. Kim o'zi yozgani, kim ko'chirgani noma'lum.
Ota-ona
Pul to'laydi, lekin bola darsga o'tirdimi, qancha ishladi — bilmaydi.
O'quvchi
Vazifa 5 daqiqada "tayyor", bilim esa yo'q. Muammo imtihonda chiqadi, lekin unda kech bo'ladi.
Qanday ishlaydi
- 1
Ustoz vazifa beradi
Test, raqamli, matnli yoki kod savoli. Tashqaridan matn joylashni bitta belgi bilan taqiqlaydi.
- 2
O'quvchi Owndo'da bajaradi
Vazifa paytida ChatGPT va boshqa dasturlar ochilmaydi. Qiynalsa, AI ustoz yo'l ko'rsatadi, lekin javobni aytmaydi.
- 3
Owndo tekshiradi
Test va kod darhol baholanadi. Har bir javob yonida u qanday yozilgani ko'rinadi: o'zi yozganmi yoki joylanganmi.
- 4
Ota-ona xabar oladi
Telegram'da: darsga kirdi, topshirdi, natija. Har hafta qisqa hisobot.
Siz kimsiz?
O'zingizga mos yo'lni tanlang. Har bir rol o'z paneliga ega.
Maktab yoki o'quv markaz
Butun markazni bitta paneldan boshqaring.
- Fanlar, guruhlar va ustozlarni qo'shasiz
- Bajarish, natija va shubhali javoblar bo'yicha hisobot
- Excel va PDF ga yuklab olish
Ustoz
Vazifa bering, qolganini Owndo tekshiradi.
- Kim darsda, kim chiqishga urindi — real vaqtda
- Har bir javobning yozilish tahlili
- Test va kod savollari avtomatik baholanadi
Ustoz sifatida qo'shilishMarkazingiz bergan taklif kodi kerak bo'ladi.
O'quvchi
Vazifani o'zing bajar — qiynalsang, AI ustoz yordam beradi.
- Ichida kalkulyator, grafik va Python
- AI ustoz javobni aytmaydi, yo'l ko'rsatadi
- Mustaqil o'qish rejasi ham bor
O'quvchi sifatida qo'shilishMarkaz kodi bilan yoki mustaqil o'qish uchun.
Ota-ona
Farzandingiz vazifani o'zi qilganini biling.
- Telegram'da real vaqt xabarlari
- Kunlik jurnal va haftalik hisobot
- Darsdan erta chiqishga ruxsatni siz berasiz
Ota-ona sifatida qo'shilishFarzandingiz ustozidan kod olasiz.
Ko'p beriladigan savollar
O'quvchi baribir ChatGPT'dan ko'chira olmaydimi?+
Vazifa paytida Owndo kompyuterni qulflaydi: boshqa dastur va brauzer ochilmaydi, tashqaridan matn joylash bloklanadi. Urinish bo'lsa, ustoz buni ko'radi.
AI ustoz javobni aytib qo'ymaydimi?+
Yo'q. U savol berib yo'naltiradi: "Avval 1% ni toping". O'quvchi "javobni ayt" desa ham, javobni aytmaydi.
Narxi qancha?+
Sinov davrida bepul. Keyin narx o'quvchilar soniga qarab belgilanadi, kichik guruhlar uchun bepul tarif qoladi.
Qaysi tillarda ishlaydi?+
O'zbek, rus va ingliz tilida. Til yuqoridagi tugma bilan almashtiriladi.
Birinchi guruhingizni bugun oching
Ro'yxatdan o'tish 2 daqiqa oladi. Karta kerak emas.